20 Yanvar 2023 yil 547

“Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi G.A xolis xaridorga jami 2,1 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 560.000 so‘mga sotayotganida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiningning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech