19 May 2023 yil 2352

“Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Buloqboshi tumani. 2023-yilning 19-aprel kuni soat 20:00larda Andijon viloyati IIB JQB hamda Buloqboshi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qumguzar MFY hududida D.Tgashish” giyohvandlik moddasini 500.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni sotish,saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech