Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30-oktyabr kuni Andijon viloyati hokimligida Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining o‘n to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat boshqarmalari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga ko‘ra, 2025-yilning o‘tgan 9 oyida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Mansur Gaziyevning hisoboti eshitildi.
Unda Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, viloyatda barcha yo‘nalishlarda, xususan, “Tig‘” profilaktik tadbiri, tungi xizmat hamda “Andijon tajribasi” tariqasida “Virtual profilaktika” tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning berayotgan samarasi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar yetkazildi.
Hisobotlardan kelib chiqib, deputatlarni qiziqtirgan savollariga boshqarma rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        