Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan eng asosiy ko‘zlangan maqsad xalqimiz tinchligi va uning farovonligi, fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilganligidir. O‘tgan yillar davomida mazkur vazifalarni amalga oshirishda qator islohotlar amalga oshirilib, amaliyotdagi qonunlar va kodekslarga qo‘shimcha-o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Qonun va kodekslarga kiritilayotgan qo‘shimcha-o‘zgartishlarni amaliyotda qo‘llashda yagona amaliyotni shakllantirish, tergov jarayonida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi fuqarolarning sansalorligiga va e'tiroziga sabab bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilyapti.
Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudida tuman ichki ishlar bo‘limi va tuman prokuraturasining tergovchilari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Unda amaliyotda yuzaga kelgan muammoli masalalarning qonuniy yechimini topishda o‘zaro fikr almashinilib, mavjud bo‘lgan savollarga atroflicha javoblar olindi.
Bundan tashqari, sudning ish yurituvidagi jinoyat ishlarini sud muhokamasida ko‘rilishi jarayonida yosh tergovchilar ham ishtirok etishib, kelajakda amaliyotda qo‘llashlari uchun zaruriy ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Jumladan, shu kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudida tuman IIB probasiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnomalardan bir nechtasi karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda ko‘rib chiqildi.
Xuddi shu kabi hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti jinoyat ishlari bo‘yicha Shaxrixon tuman sudida ham o‘tkazildi.Unda Qonun va kodekslarga kiritilayotgan qo‘shimcha-o‘zgartishlarni amaliyotda qo‘llashda yagona amaliyotni shakllantirish hamda yuzaga kelgan muammoli masalalarning qonuniy yechimini topishda o‘zaro fikr almashinilib, mavjud savollarga kerakli javoblar topildi.
Mazkur hamkorlik fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ma'suliyatli vazifani amalga oshirishda o‘zining ijobiy natija berishi bilan ahamiyatlidir. Kelgusida ham bu amaliyotni davom ettirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati