30 Iyul 2025 yil 160

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning yonidan giyohvand modda aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida joriy yilning 23-iyul kuni Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmat hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hamkorlikda Xonobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yana giyohvandlik bilan bog‘liq yana bir jinoiy holat fosh etildi.

Xususan, Andijon tumani yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan  fuqaro D.J Xonobod shahar markazida o‘zini shubhali tutgani uchun uning yoni ko‘zdan kechirilganida, jami  og‘irligi 200,1 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvand moddasini  kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech