16 Iyul 2021 yil 468

Xitoydan “endoskop” tibbiyot apparati olib kelib berishlikni vaʼda qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltinko‘l tumanida yashovchi M.B firibgarlik, yaʼni aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan “endoskop” tibbiyot apparati olib kelib berishlikni vaʼda qilib, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi X.S.ning ishonchiga kirgan va undan 9.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Ammo M.B “endoskop” apparatini olib kelib bermasdan  X.S.dan olingan pullardan 4.000 AQSH dollarini qaytarib berib, qolgan 5.500 AQSH dollarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan   shu yilning 10 iyul  kuni Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli  fuqarolar!!!

Sizning ishonchingizdan ayrim shaxslar o‘z manfaati yo‘lidan foydalanishi va sizning mol-mulkingizga tajovuz qilishi mumkinligini doimo eʼtiborga olishingizni so‘raymiz. Firibgarlik jinoyati qurboni bo‘lmaslik uchun o‘zga shaxslarning turli yolg‘on vaʼda va kafolatlariga ishonib qolmaslik, o‘z pul mablag‘ingiz va mulkingizni boshqa shaxslarga topshirishda har taraflama chuqur xulosa qilgan holda ish ko‘rishingizni, ushbu jinoyatdan himoyalanish birinchi navbatda o‘zingizga bog‘liq ekanligini unutmang!

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech