Xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilish yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov raisligida joriy yilning 2 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 4 dekabr kuni Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Baliqchi hamda Ulug‘nor tumanlarida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarida barcha darajadagi rahbar va xodimlarga respublikamizda xodimlar bilan bog‘liq sodir etilgan salbiy holatlar o‘qib eshittirilib, tartib intizomga qatʼiy rioya qilishlari, fuqarolar bilan xushmuomalada xizmat olib borishlari bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ichki ishlar vazirligining meʼyoriy buyruq talablariga amal qilgan holda ish tashkil etishlari, ular tomonidan noxush holatlarga yo‘l quyilgani taqdirda esa keskin intizomiy jazo choralari ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirildilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati