15 Sentyabr 2023 yil 9942

Xonobod shahrida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Xonobod shahrida sektor rahbarlari boshchiligida mahallalarda faoliyatini olib borayotgan “Beshlik” aʼzolari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jarayonda mahallalar, mehnat jamoalari va taʼlim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilib, qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar atroflicha muhokama qilindi. Ko‘ngilsizliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, muloqotlar davomida hududda ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslarni doimiy bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech