26 Yanvar 2024 yil 1180

Xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tahlili yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Paxtaobod tumani hokimligida mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar faollari, otinoyilar, profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xotin-qizlar  tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni tahlil etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, ayollar o‘rtasidagi bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida aniq taklif va fikrlar bildirilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, probatsiya guruhida turuvchi xotin-qizlarni jamiyatning faol aʼzosiga aylantirish borasida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda tuman hokimi Shoyadbek Babayev va tuman IIB boshlig‘i F. Davronovlar ishtirok etdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech