“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan boshqa hamkor tashkilotlarni jalb etgan holda keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiriga milliy gvardiya, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, yoshlar ittifoqi, sog‘liqni saqlash bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish markazi, shahar elektr tarmoqlari bo‘limi, DSENM, gaz idorasi, suv oqava, diniy idora, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik vakillari jalb etildi.
Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB saf maydonida Andijon shahar hokimi G‘.G‘.Abduraxmonov, IIOFMB boshlig‘i podpolkovnik Sh.X.Nazirov hamda shahar prokurori o‘rinbosari D.K.Raxmonovlar boshchiligida tadbirga jalb etilgan xodimlar va jamoatchilik vakillari bilan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, taqsimot asosida hududlarga jalb etildi.
Tadbirlar davomida “Obod mahalla-xavfsiz mahalla” tamoyili, "fuqarobay", “mahallabay”, "xavfsiz xonadon", "xavfsiz hovli" tizimi doirasida Andijon shahar sektor rahbarlari, hokimlik, prokuratura, davlat soliq hamda IIOFMB masʼul rahbarlari tomonidan joylarga chiqilib, 1 ming 340 ta xonadonning muammolari o‘rganildi.
Andijon shahar hududida joylashgan qo‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar o‘rtasida xonadonlarni qarovsiz qoldirmaslik, kuzatuv kameralari bilan jihozlash, qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha o‘tkazilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida jami 2 ta xonadon hamda 3 ta obyektlar qo‘riqlash pultiga ulanib, 6 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Mahalla hududida joylashgan 164 ta ko‘ngilochar, savdo va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda korxona, tashkilotlarning egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Joylarda tanjarohati bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish borasida 83 marotaba “TIG‘” tadbirlari o‘tkazilib, 4 nafar shaxsdan 4 dona tig‘li buyumlar daliliy ashyo sifatida bayonnoma orqali rasmiylashtirib olindi.
Andijon shahrida ov quroliga ega bo‘lgan 15 nafar shaxslar tekshirilib, qurollarni saqlanishi va ro‘yxatdan o‘tganligi o‘rganildi. O‘rganish davomida ov qurollarining saqlanishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanmadi.
Profilaktik hisobda turgan, giyohvandlikka hamda ichkilikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida jami 61 ta shundan, 10 ta ajrim yoqasiga kelgan oilalar, 69 ta janjalkash oilalar, 3 ta janjalkash qo‘ni-qo‘shnilar, 5 ta turmush o‘rtog‘i uzoq muddatga ketgan oilalar, 48 ta sog‘liqni saqlash hisobidagi shaxslarning oilalari, 3 ta sharʼiy nikoh asosida yashayotgan oilalar hamda 11 ta ijarada yashayotgan oilalar o‘rganilib profilaktik suhbatlar olib borildi.
Bundan tashqari, oila turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan mahalla faollari bilan hamkorlikda yig‘ilish muhokamalar o‘tkazilib, 3 ta oilalarning janjallariga barham berildi hamda ushbu oilalarning ajralib ketishidan saqlab qolinishi taʼminlandi.
Muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida maʼmuriy nazorat ostiga tushuvchi 1 nafar muqaddam sudlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan 6 oy muddatga maʼmuriy nazorat o‘rnatildi.
Andijon shahar, Yangi turmush MFY hududida joylashgan A.Navoiy istirohat bogida ota-onasi nazoratisiz bemaqsad yurgan 3 nafar voyaga yetmaganlar shaxslar aniqlanib, ularni viloyat IIB VEIXYOKM markaziga joylashtirildi.
Andijon shahar prokurorining o‘rinbosari D.K.Raxmonov, shahar IIOFMB boshlig‘ining o‘rinbosari B.E.Arslanov hamda tibbiyot instituti mutasaddilari tomonidan “profilaktika kuni” munosabati bilan Tibbiyot instituti talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularga zarur yo‘riqnomalar berildi.
"Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi" mavzusida fuqarolar o‘rtasida 2 marotaba tushuntirish-ogohlantirish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, zarur ijtimoiy tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida keng qamrovli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati