19 Yanvar 2023 yil 506

Xo‘jaobod tumanida 50.000 AQSH dollarini o‘margan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi  

Fuqaro U.Q o‘ziga tanish bo‘lgan K.Sh va M.U.lar bilan jinoiy til biriktirishib, 2022 yil 28 dekabr kuni soat 20:00 larda Xo‘jaobod tumani Yangi Farg‘ona MFYda joylashgan “Milliy taomlar” nomli oshxonada Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi fuqaro T.M.ning qo‘l sumkasining ichidagi umumiy qiymati 558.000.000 so‘mga teng bo‘lgan 50.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni hamda narxi 600.000 so‘mlik 1 dona “Huawei” nomli uyali aloqa vositasini yashirin ravishda olishib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib yashirinishgan. Jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul mablag‘lari Andijon va Farg‘ona viloyatlari hududlarida o‘zaro taqsimlab olingan.

Mazkur holat yuzasidan  Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Joriy yilning 5-yanvar kuni U.Q, K.Sh va M.U.lar nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech