14 Iyun 2023 yil 499

Xo‘jaobod tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxsning qilmishiga chek qo‘yildi      

Xo‘jaobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi U.J Mustaqillikning 27 yilligi MFY hududida og‘irligi 2,37 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 500 ming so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.J protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech