17 Iyul 2021 yil 680

Xo‘jaobod tumanida gilam tagidan pul o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida shu yilning 3 iyul kuni soat 14:30 larda Izboskan tumanida yashovchi O‘.M Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi M.O.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi gilam tagida bo‘lgan jami 7.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 14 iyul kuni Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech