7 May 2020 yil 839

Xo‘jaobod tumanida Probasiya hisobidagi shaxslarning oilaviy ahvoli o‘rganilib, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi

Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor R.Jaloldinov boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan probasiya guruhi hisobida turgan 167 nafar shaxslarning yashash va ish joylariga borilib, ularning xulq-atvori, turmush tarzi o‘rganildi hamda yakka tartibdagi tarbiyaviy profilaktik  suhbatlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida ularni qiynayotgan turli xil muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish, bandligini ta'minlash hamda qayta jinoyat sodir etishlarini barvaqt oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji yuqori bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarning ro‘yhatlari shakllantirilib, ularga tuman hokimligi bilan hamkorlikda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech