Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan "Yoshlarini huquqiy madaniyatini yuksaltirish" mavzusida tumanning 18-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
O‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xo‘jaobod tumanida 2023-yil davomida voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik, talonchilik, giyohvandlik vositalarini sotish, transport vositasini olib qochish, bezorilik kabi jinoyatlarning kelib chiqish va sodir etilishiga imkon bergan omillar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarga bekorchi narsalarga chalg‘imasdan, bor kuch imkoniyatlarini bilim olishga, kasb-hunar o‘rganishga sarflashlari bo‘yicha ham tavsiyalar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda yoshlar orasida keng tarqalayotgan “Ommaviy madaniyat”, “Kuchli taʼsir qiluvchi dori-vositalarini olish, sotish, isteʼmol qilish”, “Internetning ijtimoiy tarmoqlarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan diniy mazmundagi maʼruzalar va videolarni tarqatish” kabi harakatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida tayyorlangan o‘quv filmi namoyish etildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati