31 Yanvar 2024 yil 1503

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘rganishlari davom etmoqda  

Vazir o‘rinbosari dastlab, Asaka tumanidagi Amir Temur mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Unda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, masʼullarga  “mahallabay” hamda “xonadonbay” ishlarni yana-da kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda yo‘l-harakati xavfsizligini taʼminlashda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Keyingi manzil tumanning "Ergashobod" mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Maʼlumot o‘rnida bu mahallada amalga oshirilayotgan tadbirlar manzarasida Yoshlar sanoat hududiga kirish  ko‘chasining 2 kilometr masofasini  sheben qoplama bilan taʼmirlanishi aholiga qulayliklar yaratmoqda. Ushbu hududda viloyat sil kasalliklari shifoxonasining joylashganini inobatga olsak, olib borilayotgan ishlar shifoxonaga kelib ketuvchilar uchun ham maqbul jarayondir.

Andijon tumani Qumko‘cha MFY hududida joylashgan Andijon viloyati IIB JXX YHXB Eksplutatsiya-montaj bo‘limi binosi ko‘zdan kechirilib, bu joydagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Oltinko‘l tumanining Ijtimoyat MFYda olib borilgan o‘rganishlar davomida sektor rahbarlari bilan mahalla aholisining farovonligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan suhbatlashildi. Shu bilan birga, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Xususan, yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va bu boradagi targ‘ibot ishlarini yana-da kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, mahallaning Xurzamon ko‘chasida istiqomat qiluvchi duradgorliklik ortidan yaxshi daromad topayotgan aholi vakillari bilan muloqotlar olib borildi.

Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanining Intizom MFYda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish, mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali mahallani qizil hududdan yashil hududga aylantirish choralarini ko‘rish yuzasidan sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech