30 Yanvar 2024 yil 1685

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z ishini boshladi

Dastlab Vazir o‘rinbosari, viloyat IIB hududida Andijon viloyati IIB “Yoshlar bilan ko‘chma sayyor qabul” avtobus faoliyati bilan tanishib, Jalaquduq tumaniga yo‘l oldi.

U yerda Ko‘tarma MFY, Bog‘ ko‘chasini 1000 metr yo‘lini shag‘allantirish va shebennlashtirish jarayoni bilan tanishib, Jalaquduq tumani “Toshloq” va Ko‘tarma MFY mahalla yettiligi bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla aholisining farovonligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan suhbatlashildi. Mavjud imkoniyatlar va muammolar tahlil qilinib, masʼullarga tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda o‘zaro hamkorlikni taʼminlash, “mahallabay” hamda “honadonbay” ishlarni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

So‘ngra, shu tumanda joylashgan 27-sonli maktabga tashrif buyurib, mahalla faollari va hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

O‘rganishlar joylarda davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech