Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijonda jinoyatchilik ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilinmoqda
Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatining mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ham qizil toifadagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni Mahallabay jilovlash kabi masalalar o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh aʼzolari tomonidan Marhamat tumanidagi O‘zbekiston va Navro‘z, Asaka tumanidagi Shodlik va Ibn Sino mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi holatlar, jinoyatchilikning ahvoli, oila-turmush doirasidagi hamda yoshlar, ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish borasidagi profilaktik ishlar ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida tahlil qilindi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatning tuman-shahar ichki ishlar organlari hamda milliy gvardiya o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining siyosiy bilimlarini yana-da oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Hozirda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati