Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Andijonda sayyor qabul o‘tkazdi
Joriy yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan Andijon viloyati IIB binosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 23 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 2 tasi ichki ishlar organlariga qayta ishga tiklash, 1 tasi ishga qabul qilish, 6 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini olish hamda 14 tasi boshqa masalalarda kelib tushdi.
Ushbu murojaatlarning 7 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yana 7 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari 9 nafar fuqaroning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida 6 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati