Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 6-aprel kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Andijon viloyatiga tashrif buyurib, viloyat IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining kapital taʼmirdan chiqqan maʼmuriy binosini tantanali ravishda ochib berdi. Shuningdek, xizmatda foydalanish uchun xizmat avtobusi taqdim etildi.
Tashrif davomida boshqarma navbatchilik qismi hamda sohaviy xizmatlarning xizmat, maishiy va xizmat ko‘rsatish xonalarida shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari vazir o‘rinbosari hozirgi vaqtda shiddat bilan tezlashib borayotgan axborotlashuv makonida hushyorlik va masʼuliyatni chuqur anglash, turli noxush holatlardan shaxsiy tarkibni sergaklik va ogohlikka chaqirdi. Vazir o‘rinbosarining Andijon viloyati bo‘ylab safari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati