28 Mart 2023 yil 570

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari harbiy qismga tashrif buyurdi

2023-yil 28-mart kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlariga qarashli Andijon viloyatidagi 7255-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan saf maydonida yo‘riqnoma o‘tkazib, ularga kasb mahorati, shaxsiy tarkibning jangovar xizmati, harbiy va ijro intizomini mutahkamlash, harbiy xizmatchilarning xizmat olib borishi, ichki va kundalik tartibning tashkil etilishi, bevosita komandir (boshliq)lar o‘zining qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning psixologik holati, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha chuqurroq o‘rganish kabi ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

Barcha shaxsiy tarkibni oldimizda turgan siyosiy tadbir, respublikamiz bosh qomusiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha o‘tkazilishi kutilayotgan umumxalq ovozi - referendumda faol ishtirok etishga,sidqidildan xizmatni o‘tashga chaqirdi. Shaxsiy taribni musulmonlarning muqaddas oyi Ramazon bilan tabrikladi.   

Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi, moddiy baza, yotoqxona, oshxona, mashg‘ulot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Harbiy qism rahbariyatiga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech