28 Mart 2023 yil
761
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Andijon viloyatidagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashdi
2023-yil 28-mart kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlariga qarashli Andijon viloyatidagi 7553-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida harbiy qism ichki va kundalik tartibi, maʼmuriy hududni qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha harbiy xizmatchilarning harakatlari, jangovar va jismoniy shayligi ko‘rildi.
Shuningdek, tergov hibsxonasida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan qonuniylikka rioya etilishini taʼminlash, intizomni mustahkamlash va ularning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha shaxsiy tarkib bilan suhbatlashdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati