3 Mart 2022 yil
558
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shahrixon tumanidagi maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Joriy yilning 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.Ikramov bir qator masʼullar hamda tumandagi sektor rahbarlari bilan birgalikda Shahrixon tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar maktabda tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi”, yo‘l harakati xavfsizligi, huquq-tartibot xonalari, kutubxona bilan tanishdilar. Bu jarayonda bir guruh yoshlar hamda 1 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalar tantanali tarzda topshirildi.
Vazir o‘rinbosari pedagoglar, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Ijodkor o‘quvchilarning ijod namunalari barchada katta taassurotlar qoldirdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati