7 Aprel 2022 yil 759

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga yangi o‘rinbosar tayinlanganligi o‘qib eshittirildi

Joriy yilning 7-aprel kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasiga  tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshqarma navbatchilik qismida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyati va uning ishlash tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, navbatchilik qismi, tashkil etilgan “102” avtomatlashtirilgan tizimi ish faoliyati, ichki ishlar, prokuratura, davlat kadastri, geodeziya va kartografiya milliy markazining maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilinishi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Bundan tashqari vazir o‘rinbosari boshqarma shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Majlisda Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha tegishli buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirilganligini bildirib, unga ko‘ra Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Ismanov Isomiddin Baxriddinovich tayinlanganligini o‘qib eshittirdi hamda kelgusidagi xizmat faoliyatida ulkan zafarlar bildirib o‘tdi.

Shaxsiy tarkib bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda har bir xodim xizmat faoliyatini vatanga sadoqat ruxida olib borishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech