Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shahrixonda yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi
Joriy yilning 2-mart kuni Shahrixon tumanidagi Cho‘ja MFY yoshlar mehnat guzarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor A.Ikramov bir qator masʼullar hamda tumandagi sektor rahbarlari bilan birgalikda 76 ta MFYlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etilgani, mazkur muhim hujjat mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Muloqot asnosida yoshlar yetakchilarining fikrlari, taklif-mulohazalari tinglandi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yetakchilarning o‘z faoliyatlariga doir savollariga masʼul mutasaddilar tomonidan javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati