21 Aprel 2022 yil 390

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Andijon viloyatidagi so‘ngi sayyor qabuli Bo‘ston tumanida bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida “Barchasi inson qadri uchun” shiori ostida mamlakatmiz bo‘ylab aholini rozi qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ana shunday ishlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham olib borilmoqda. Joriy yilning 20 aprel kuni Andijon viloyati Bo‘ston tumani “Obod” MFYda hududida joylashgan “Quyoshcha” bolalar dam olish oromgohida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulhaqov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida 25 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot o‘tkazildi. Fuqarolardan asosan ichki ishlar tizimiga taalluqli bo‘lgan surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, bandligini taʼminlash, ichki ishlar organlariga ishga kirish va shular kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.

Qabul jarayonida muammolarning 15 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga qonuniy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 7 ta murojaatlarni ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Sayyor qabul davomida voyaga yetgan yoshlarga ID kartalar topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech