19 Aprel 2022 yil 415

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Andijon viloyatidagi navbatdagi sayyor qabulini Oltinko‘l tumanida o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan respublika hududlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish to‘g‘risida bergan topshiriqlariga asosan joriy yilning 18 aprel kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Xondibog‘i MFYdagiNavbaxor” oromgohida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulhaqov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida virtual va xalq qabulxonalariga murojaat qilgan hamda sayyor qabullar haqida ommaviy axborot vositalaridan va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan 20 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qabulda ijtimoiy-huquqiy va maishiy, ishga kirish, surishtiruv va tergov, ID karta olish, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida pasportini olish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.

Sayyor qabul davomida muammolarning 14 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 6 ta murojaatlarni ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Shuningdek, sayyor qabul davomida 1 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilib, 6 nafar yoshlarga ID-kartalar topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech