Ichki ishlar Vazirining o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh bugun Xo‘jaobod tumanida ham ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi
Xalq bilan muloqot tizimini yana-da takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida vazirlik – idoralar, sektorlar, viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilish belgilangan.
Shunga ko‘ra, Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Jalolov, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari X.Maxsumov hamda Vazirlik boshqa tarkibiy tuzilmalari masʼul xodimlari tomonidan, hududiy ichki ishlar organlari, viloyat va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari jalb etgan holda Xo‘jaobod tumani “Zamon textile” MCHJ hududida Xo‘jaobod, Marhamat, Jalaquduq, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Xonobod shahrida yashovchi fuqarolar uchun ommaviy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida turli masalalarda 66 ta murojaatlar qabul qilindi. Ularning 40 tasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 33 tasi ijobiy hal etildi, 11 tasi viloyat xalq qabulxonasi orqali tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 21 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi va 1 ta minnatdorchilik maʼlumot uchun qabul qilindi.
O‘tkazilgan sayyor qabul natijasiga ko‘ra 8 nafar probatsiya hisobida turgan mahkumlarni jazodan muddatidan oldin ozod qilish masalasidagi murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib tegishli sudlarga taqdimnomalar kiritilishi taʼminlandi. 8 nafar fuqarolarning ishga joylashtirish masalasidagi murojaatlari mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, ish bilan taʼminlanib, murojaati ijobiy hal etildi. 6 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida tan olish hujjatlari rasmiylashtirildi. 5 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalar joyida rasmiylashtirib berildi. 2 nafar fuqaroning tikuv mashinasi ajratish haqidagi murojaati joyida ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqarolarning oliy bilim yurti va o‘quv kurslari o‘qish pullari mutasaddi idoralar tomonidan to‘lab berildi. 1 nafar fuqaroga davolanishi uchun order ajratildi. 1 nafar fuqaroning murojaati bo‘yicha voyaga yetmagan, nogiron farzandi uchun nogironlar aravachasi topshirilib, murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabullar davomida aholi eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni o‘rganish va hal etish, hududiy ichki ishlar organlarida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganilib, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi. hududiy ichki ishlar organlari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari vakolatiga kiradigan va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha tegishli masʼul xodimlarga topshiriqlar berilib, ijrosi taʼminlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati