17 Iyun 2023 yil 577

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi yangi jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Videoselektor tarzida o‘tgan ushbu yig‘ilishda vazirlikning departament, bosh boshqarma, bo‘lim boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB shaxsiy sohaviy xizmatlar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim va bo‘linma boshliqlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatlari barcha shaxsiy tarkibi hamda jamoatchilik kengashining yangi aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari A. Ikramov olib bordi va soha xodimlari o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi. Jarayonda vazirlik huzurida tuzilgan yangi jamoatchilik kengashining raisi Yodgor Saʼdiyev, rais o‘rinbosari Zokirjon Almatovlar so‘z olib, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati tizimini yaratish hamda kengash oldida turgan vazifalar, huquq va majburiyatlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

Jarayonda hududiy kengash aʼzolari vakillari kelgusidagi faoliyatga oid mulohaza va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech