15 May 2023 yil 508

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansambli tomonidan Andijon shahrida xayriya konserti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 13-fevraldagi farmoyishiga asosan, IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblida xizmat qilib kelayotgan sanʼatkor va xonandalar hamda badiiy so‘z ustalari tomonidan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari va faxriylari, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan va nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila aʼzolarini mazmunli hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 13 may kuni Andijon shahrida joylashgan “A.Navoiy” nomli istirohat bog‘ida konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu konsert dasturi juda ham ko‘tarinki ruxda o‘tdi.

Konsert dasturi yakunida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan va nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning oila aʼzolariga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ularning ko‘rsatgan qahramonliklari xotirlanib, yuksak eʼtirof etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech