“Ichki ishlar xodimlarida affirmatsiya kayfiyatini rivojlantirishning psixologik usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 10-mart kungi 185-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida ayol va yosh xodimlar hamda Andijon davlat universiteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Ichki ishlar xodimlarida affirmatsiya kayfiyatini rivojlantirishning psixologik usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va Andijon davlat universiteti psixologi Muxtorov Otabek Shuxratjonovichlar tomonidan qiziqarli tarzda o‘tkazildi.
Treningda ichki ishlar organlari xodimlari shaxslararo muloqotga kirishganda ishlatiladigan birinchi so‘zlar qanchalik tabiiy va tushunarli bo‘lsa, ular bilan samimiy muloqot shunchalik tez o‘rnatilishi va oson rivojlanishi xodimlarga rolli o‘yinlar hamda hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati