9 Noyabr 2021 yil 585

Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahri hududidan ushlandi

Andijon viloyati IIB JQB va Oltinko‘l tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166–moddasi (Talonchilik) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organidan yashiringanligi uchun   qidiruvda bo‘lgan, Andijon tumani yashovchi fuqaro Yu.E Toshkent shahri hududidan ushlandi.

Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma‘lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta‘minlanadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech