Idoralararo respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi topshirig‘iga asosan, Andijon viloyatida bayram taʼtili davrida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash va aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha Idoralararo respublika ishchi guruhi Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi.
Qo‘shma farmoyishga asosan, Ichki ishlar vazirligi, viloyat huquq-tartibot organlari, hokimliklar, sektorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida viloyat IIBda Idoralararo tezkor shtab hamda mavjud tuman-shaharlarning har birida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Shuningdek, tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarning faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yaqindan yordam berish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan iborat alohida ishchi guruhlar tuzildi.
Tashkil etilgan Idoralararo tezkor shtab va 4 ta Alohida ishchi guruhlarning barcha aʼzolari yig‘ilib, ularning vazifasi birma-bir tushuntirib berildi.
Hozirda Idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati