Idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan Bo‘ston va Shahrixon tumanlarining markaziy dehqon bozorlaridagi narx-navo o‘rganildi
Joriy yilning 11-yanvar kuni IIV o‘rinbosari polkovnik B.Abdullayev Bo‘ston va Shahrixon tumanlaridagi markaziy dehqon bozorlariga tashrif buyurib, narx-navo nazorati va fuqarolarning kayfiyati bilan qiziqdi.
Maʼlumot o‘rnida, Shahrixon tumani markaziy dehqon bozorida 600 ta savdo rastalari mavjud bo‘lib, maʼmuriyatga qarashlik jami 42 nafar xodimlar xizmat olib bormoqda. Bozorga kunlik aholi tashrifi 3 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Vazir o‘rinbosari mutasaddi rahbarlarga bozordagi narx-navoning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu bo‘yicha doimiy nazorat olib borish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.
Shuningdek, tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi ishchilari bilan suhbatlashilib, bozor hududiga yangi qurilayotgan avtoturargoh loyihasi bilan ham tanishildi.
Bundan tashqari, "Saxovat" keksalar va nogironlar uchun internat uyiga ham borilib, qariyalar holidan xabar olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati