IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi hamda Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bitiruv oldi amaliyotini o‘tayotgan kursantlar va IIV Andijon akademik litseyi bitiruvchilarining ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi hamda Andijon viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini o‘tayotgan IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-bosqich kursantlari bilan xizmat intizomi va qonunchilikka to‘liq rioya etish hamda amaliyot davrida turli ko‘ngilsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kursantlarga amaliyot davomida belgilab berilgan vazifalarni to‘liq ijro etishlari, o‘zlariga biriktirilgan malakali xodimlar yordamida yetarli amaliy ko‘nikmalarni egallashlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirning davomi sifatida tashrif buyurgan rahbariyat ishtirokida IIV andijon akademik litseyi 2-bosqich bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga farzandlarining kelgusida oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari masalasida turli aldovlarga uchmasliklari, moddiy manfaatlar evaziga farzandini o‘qishga kiritib qo‘yishini bildirayotgan firibgarlarga ishonmasliklari, farzandlari o‘zining bilimlari bilan sinovlar asosida odillik va shaffoflik prinsiplari asosida o‘qishga qabul qilinishlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati