19 Aprel 2023 yil 414

IIV akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasining respublika bosqichiga Andijon viloyatida start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriningg tegishli buyrug‘iga asosan IIV akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiada musobaqasining respublika bosqichiga Andijon viloyatida start berildi.

Ushbu musobaqada akademik litsey o‘quvchilari qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig'ish, turnikda tortilish, qizlar uchun kompleks mashqlar, jamoaviy estafeta hamda mini futbol bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Musobaqa shartlari bo‘yicha bellashuvlar Andijon viloyatining Xonobod shahrida ko‘tarinki ruxda davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech