20 May 2024 yil 2360

IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan “Sayyor – Akademiya” dasturi bo‘yicha Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, tezkor vakil hamda tergovchi (surishtiruvchi)larining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan “Sayyor – Akademiya” dasturi bo‘yicha IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi boshlandi.

Xususan, ishchi guruh tarkibida tashrif buyurgan guruh rahbari polkovnik Dilshod Fayziyev boshchiligida guruh aʼzolari podpolkovnik Yoqubjon Farfiyev, podpolkovnik Ziyoviddin Shoumarov hamda podpolkovnik Sherzodbek Abduvahobovlar tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturiga kiritilgan va boshqa mavzular yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot hamda videodarslar yordamida xodimlar bilan seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Hozirda seminar-trening mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech