IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli kursantlari va magistratura tinglovchilari bilan navbatdagi onlayn mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 25-avgust kungi 298-son buyrug‘iga asosan, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.M.Davronov raisligida IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli kursantlari va magistratura tinglovchilari bilan navbatdagi onlayn mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mashg‘ulot davomida Andijon viloyati IIBning bir qator sohaviy xizmatlarining malakali mutaxassis xodimlari tomonidan Akademiya kursantlari va tinglovchilariga bugungi kunda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Mahorat darsi yakunida kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga malakali amaliyotchi xodimlardan javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati