IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda Andijon viloyati IIB vakillari ishtirokida otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
Avval xabar qilinganidek, Andijon viloyatidagi otaliqqa olingan maktablarda yuqori sinf o‘quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan keng qamrov darajasini oshirish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida ishlarni samarali tashkil etishiga tashkiliy-metodik jihatdan ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda viloyat IIB vakillari ishtirokida shahar-tumanlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun 21-oktyabr kuni Marhamat tumanidagi 42-sonli hamda Asaka tumanidagi 55-sonli maktablarda targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi tadbirlar Andijon viloyatining boshqa shahar-tumanlarida ham davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati