7 Fevral 2022 yil 580

IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash  maqsadida  IIV Akademiyasida tayyorlanayotgan mutaxassisliklarning o‘quv rejasiga muvofiq, kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari, faxriylar, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining, maʼnaviy va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov ishtirokida bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti bo‘yicha  uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv mavlaviy ish oldi amaliyotlari davomida shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishlari qatʼiyan taʼqiqlanishi, shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiyan rioya etishlari, xizmat kiyimini kiyish qoidalariga rioya etishlari, betob bo‘lib qolganida, uzrli sabablarga ko‘ra kela olmaganda belgilangan tartibda amaliyot uchun masʼul rahbarlarga xabar berishlari belgilab qo‘yilganligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida o‘zining bilimi va namunali hulki bilan alohida ajralib turgan kursantlarning ota-onalariga IIV Akademiyasining boshlig‘i nomidan “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech