15 Mart 2023 yil 329

IIV Andijon akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonuni mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda ularning mazkur qonun bo‘yicha bilimlarini yana-da mustahkamlash maqsadida IIV Andijon akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika “Zakovat intellektual klubi” NNT Andijon viloyati bosh koordinatori A.T.Teshaboyev ishtirok etib, o‘yinni boshqarib bordi. Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda akademik litseyning “Kursantlar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, birinchi darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Akademik litseyda o‘tkazilayotgan bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘quvchi-yoshlarni bilimga chanqoq, zukko hamda vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga xizmat qiladi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech