18 Fevral 2023 yil 229

IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari sportning “Usmanov Kombat Sistems” turi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Andijon akademik litseyi o‘quvchilari 2023-yilning 15-17 fevral kunlari Andijon shahrida o‘tkazilgan sportning “Usmanov Kombat Sistems” turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Xususan, Akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari Mirzayev Muslimbek Mavlonjon o‘g‘li 60 kg vaznda shuningdek, 1-bosqich o‘quvchilari Irisqulov Shoyadbek Axmadjon o‘g‘li 65 kg vaznda hamda Ashurov Elmurod Xaydarali o‘g‘li 71 kg vaznda faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va medallarga sazovor bo‘ldilar.

Respublikamizda o‘tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari o‘quvchi-yoshlarni jismonan sog‘lom va aqlan barkamol bo‘lib, Vatanga sadoqat ruhida kamol topishlariga xizmat qiladi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech