IIV Andijon Akademik litseyida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Ichki ishlar vazirligi Andijon Akademik litseyining 300ga yaqin oʻquvchilari ishtirokida “Kiberjinoyatlar – bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari tomonidan ishtirokchilarga Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish boʻyicha oʻquvchi yoshlar uchun moʻljallangan targʻibot ishlarining mazmuni va mohiyati tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, qatnashchilarga bugungi kunda dunyo miqyosida tahdid sifatida eʼtirof etilayotgan kiberbulling, yaʼni internetdagi zoʻravonliklar, haqoratlash, tuhmat va boshqa gʻarazli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlarning zararli oqibatlari, undan himoyalanish choralari, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, «1xbet» kabi onlayn qimor oʻyinlarini oʻynaganlik uchun belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida tushuntirib berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati