IIV Andijon akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab “Bobur siymosi hamisha barhayot!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston zamini jahon ilm-fani, madaniyatiga va taraqqiy etishiga munosib hissa qo‘shgan zabardast olimlarni, buyuk sanʼat va davlat arboblarini kamolga yetkazgan buyuk zamindir. Ulug‘ shoir, davlat arbobi, sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi asrlar oshsada butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga vatanparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Yurtimizda buyuk sarkarda – shox va shoirga muruvvat va ehtirom ko‘rsatilib, u qoldirgan boy maʼnaviy-maʼrifiy merosni o‘rganish va keng jamoatchilikka, ayniqsa yosh avlodga uning tarixiy, madaniy merosini targ‘ib etishga yurtimizda va xalqaro miqyosda doim eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida ham 2022-yil 14-fevral kuni Tillarni o‘rganish kafedrasi tashabbusi bilan buyuk sarkarda – shox va shoir, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, akademik litseyning o‘quvchilarining g‘azalxonlik bahslari va ular tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Andijon akademik litsey o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini ortishiga va maʼnaviyatini yuksalishiga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axboorot xizmati