27 Mart 2023 yil 240

IIV Andijon akademik litseyining birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyida "Aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi tomonidan birinchi bosqich o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining aniq fanlar bo‘yicha bilimlarini namoyon etdilar. Shiddatli baxs-munozaralarga boy bo‘lgan bellashuvda 1-bosqich 4-guruhining "Al kimyogar" jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 1-bosqich 8-guruhining “Dasturchilar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni, 1-bosqich 1-guruhining “Avitsenna” jamoasi esa faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Akademik litseyda o‘tkazilayotgan bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘quvchi-yoshlarni bilimga chanqoq, zukko hamda vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga xizmat qiladi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech