9 Yanvar 2024 yil 2540

IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari "8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni" bayrami munosabati bilan soha egalariga tabrik yo‘lladilar

"8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni" bayrami munosabati bilan Andijon viloyati prokuraturasida tashkil etilgan tantanali tadbirda IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari ham ishtirok etdilar.

Ular soha egalarining adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash hamda vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mashaqqatlarini eʼtirof etib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tabrik yo‘lladilar.

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilishdek masʼuliyatli ishlarini amalga oshirishda Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, oliyjanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posbonlari bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech