31 Oktyabr 2020 yil 887

IIV Andijon akademik liseyida yangi tahrirdagi qonun mazmun-mohiyatini o‘rganishga qaratilgan onlayn trening kurslari bo‘lib o‘tmoqda

2020 yil 17 avgust kuni qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonunini mazmun-mohiyatini o‘rganish, Oliy Majlis Senatining Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 13 avgustdagi 7-sonli bayonnomasining tegishli bandlari hamda Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh bosharmasining 2020 yil 21 oktyabrdagi  tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta'minlash maqsadida, Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizga qarshi kurashish boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda tuman-shahar IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limida (bo‘linma, guruh) xizmat qilayotgan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha IIV Andijon akademik liseyida onlayn trening kurslari bo‘lib o‘tmoqda.

Onlayn treningda 35 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonunning maqsadi,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari, odam savdosi profilaktikasi hamda odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tinglovchilarga atroflicha tushunchalar berilmoqda.

 

Andijon viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech