IIV Andijon akademik litseyining “Femida” jamoasi ko‘pkurash vatanparvarlik sport musobaqasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Andijondagi litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘rtasida “Tinchligimiz taraqqiyot va farovonlik garovi” shiori ostida ko‘pkurash vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi.
To‘rt bosqichda o‘tkazilgan musobaqaning tezkor savol-javob bosqichida IIV Andijon akademik litseyining “Femida” jamoasi raqiblaridan ustun keldi. Shuningdek, avtomatni qismlarga ajratish bahsida litsey o‘quvchilari barcha talablarni bajarib, tengdoshlariga o‘rnak ko‘rsatilar.
Turnik bahsida esa jamoaning ikki nafar ishtirokchisi 64 marta tortilib, birinchilikni qo‘lga kiritdilar. Estafeta yugurish va pnevmatik quroldan o‘q otish shartlarida ham “Femida” jamoasining sportchilari raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati