IIV Andijon akademik litseyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimini kadrlar bilan taʼminlash asosan respublikadagi huquqni muxofaza qilish organlari oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilaridan amalga oshiriladi.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti hamda Huquqni muxofaza qilish akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti shular jumlasidandir.
Bundan tashqari ichki ishlar organlariga horijiy davlatlar huquqni muxofaza qilish organlari oliy taʼlim muassasalarida ham malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Hozirda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari kadrlar bilan taʼminlash bo‘linmalari tomonidan yuqoridagi taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalarini qabul qilish hamda ularning hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishlari boshlandi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 18-dekabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Andijon akademik litseyida shahar-tuman ichki ishlar organlari Kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlari hamda litsey o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot-tadbirlari o‘tkazildi.
Shu o‘rinda ichki ishlar organlari xodimi bo‘lishdek sharafli kasbni egallash ishtiyoqidagi viloyatimiz yoshlarini ushbu taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ariza bilan shahar-tuman ichki ishlar organlari Kadrlar bilan taʼminlash bo‘linmalariga murojaat qilishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati