IIV huzuridagi JIED xodimlari hamda Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan advokatlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2022 yil 7 may kuni Andijon davlat universiteti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Satimbayev Otabek, Andijon viloyati prokurorining o‘rinbosari adliya maslahatchisi Ismoilov Baxromjon, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mashrapov Kamoliddin, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Otaxodjayev Aʼzamjon, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasi boshlig‘i mayor To‘ychiboyev Akmaljon, Advokatlar palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Adiljonlar boshchiligida Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan advokatlar hamda hibsxona masʼul xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Do‘stona o‘tgan yig‘ilishda, hibsxonaga advokatlarni kirib-chiqishida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, hibsxonada saqlanayotgan himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlarni amalga oshirishda ularga yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar almashildi.
Mazkur ochiq muloqot davomida masʼullarga advokatlar tomonidan turli savollar va takliflar bildirildi. Har bir berilgan savollarga masʼullar tomonidan tegishli tartibda qonuniy javoblar berildi. Advokatlar tomonidan berilgan takliflar borasida esa alohida nazoratga olish va bartaraf etishga shuningdek, kelgusida har chorakda bir marotaba shunday uchrashuvlarni o‘tkazib turishga kelishib olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati